"Inter" klubi bugun "Borussiya M." klubini o'z maydonida qabul qiladi.
Antonio Konte qo'l ostida jamoa ancha o'sdi va bu davom etmoqda. Avvallari o'z gollarini topishda qiynalmayotgan "Inter" so'nggi bahslarda muammolarga duch kelmoqda. Bunday holatlarda esa himoyani mustahkamlash zarurati tug'iladi. O'yin "Inter" nazoratida o'tsa kerak. Himoyada ham ishonchli o'ynagan holda, o'z darvozalari dahlsizligini ta'minlay olishsa kerak. Sababi, "Borussiya M." ham u qadar hujumda faol emas va o'z omadini qarshi hujumlardan izlab ko'radi. Konte esa qanday himoyalanishni biladigan murabbiylardandir.
Нет комментариев