O'zbekiston Superligasining 21-turi doirasida "Qo'qon-1912" klubi "AGMK" klubini qabul qiladi.
"Qo'qon-1912" klubi haqiqatdan-da bu mavsumda jamoa ambitsiyalari juda yuqori ekanligini qayta-qayta isbotlab kelmoqda va haqli tarzda turnir jadvalida 4-o'rinni egallab turibdi.
"AGMK" esa 20 turdan so'ng 42 ochko to'plagan holda 2-o'rinda bormoqda. Albatta "Paxtakor" klubiga yetib olishi qiyin. Ammo kumush medallarni egallash ham yomon natija emas. Shunday ekan qolgan turlarda maksinal ravishda harakat qilishga majbur. Axir, ortlaridan izma-iz "Nasaf" klubi ta'qib qilib kelmoqda. Taxminimcha, ushbu bahsda qiyinchilik bilan bo'lsa-da, "AGMK" klubi g'alaba qozonadi.
Нет комментариев