Rossiya kubogi 1/8 finalning dastlabki bahsi "Zenit" - "Arsenal Tula" klublari o'rtasida kechadi.
Aytish mumkinki, ushbu bahs har ikki klub uchun ham joriy kalendar yilidagi dastlabki rasmiy bahs hisoblanadi. "Zenit" 8 ta o'rtoqlik bahsi o'tkazib ularning barchasida g'alaba qozondi. Jumladan, "Paxtakor" (3-0) va O'zbekiston MTJ (4-0) ustidan yirik hisobda g'alabani qo'lga kiritdi.
Bugungi bahsda "armiyachilar" safida Serdar Azmun va Malkom maydonga tusha olmaydi. Bu esa o'yin sifatiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
Jamoalarning so'nggi o'zaro o'yinida ham hisob ochilmagan (0-0) edi. Bugun ham "Arsenal Tula" yetarlicha qarshilik ko'rsata oladi va hech yo'q asosiy vaqtda mag'lub bo'lmasa kerak.
Нет комментариев