Germaniya Bundesligasining 17-turi doirasida ikki autsayder "Shalke-04" - "Kyoln" bahsi bo'lib o'tadi.
"Shalke-04" 15-turning g'alabasiz seriyasini nihoyat yakunlay oldi va AQSHlik 19 yoshli hujumchisi Mettyu Xoppe ko'plarning nigohiga tsuhdi. O'sha g'alabali bahsda xet-trik qayd etgan bo'lsa, o'tgan turda "Aybtraxt" darvozasini ham ishg'ol eta oldi.
"Kyoln" esa so'nggi 5 ta bahsdan buyon gol ura olmayapti.
Umuman bugun chempionatning eng kam gol urgan jamoalari to'qnash kelishmoqda. Qiziq, bugungi bahsda gol bo'larmikin?!
Нет комментариев