Angliya Premyer ligasining 20-turining eng shiddatli va tomoshabop o'tishi kutilayotgan bahsi "Chelsi" - "Vulverxempton" bahsidir.
Ushbu o'yin arafasida "aristokratlar" ustozi Frenk Lempard istefoga chiqarildi va uning o'rnida germaniyalik Tomas Tuxel bosh murabbiylik lavozimiga olib kelindi.
"Vulvz" futbolchilarida ham pasayish kuzatilmoqda va jamoa ayni damda 14-o'rinda bormoqda. Qiziq jihati, jamoalarning so'nggi to'qnashuviga ko'p bo'lmadi va o'sha bahsda 90+5 daqiqadagi gol evaziga "bo'rilar" g'alabani ilib ketishgandi. Bu ular uchun hozircha so'nggi muvaffaqiyat bo'lib turibdi. Bugungi bahsda hech bir jamoaga ustunlik bermayman, o'yin durang bo'lishi tarafdoriman.
Нет комментариев