Italiya A seriyasida "Milan derbisi"
Ushbu bahs juda shiddatli va jangovar kechishi bilan boshqa derbilardan ajralib turadi. Har ikki klub ham mavsumni ajoyib tarzda boshlashdi va o'zi umuman A seriyada "Inter" 11 ta bahsdan buyon, "Milan" esa 15 ta bahsdan buyon mag'lubiyat ne ekanligini bilmay kelishmoqda.
O'zaro so'nggi 4 ta qarama-qarshilikda "Inter"ning qo'li baland kelgan bo'lsa-da, "Milan" so'nggi o'yindan so'ng (10 fevraldagi o'zaro qarama-qarshilik nazarda tutilmoqda), faqat bir marotaba mag'lub bo'ldi. Demak, ushbu bahsni natijasini taxmin qilish juda mushkul.
Men ushbu bahsda burchak to'plariga murojaat qilmoqchiman. "Inter" o'rtacha har bir o'yinda 5.8 ta, "Milan" esa 5.75 ta burchak to'pini amalga oshiradi. Zlatan Ibrahimovich qaytganligini inobatga olsak, yuqoridan uzatmalar soni yanada ko'payadi. "Inter"dagi asosiy himoyachilarning turli sabablar bilan maydonga tushmasligi esa o'rniga tushadigan futbolchilarni bo'ydor raqibga imkon bermaslik maqsadida, o'ylab o'tirmay maydon tashqarisiga chiqarib yuborishini kutish mumkin.
Нет комментариев