O'zbekiston Superligasining 19-turi doirasida "Andijon" klubi Barkamol avlod stadionida Jizzaxning "So'g'diyona" klubini qabul qiladi.
"Andijon" klubi uchun mavsum juda yomon kechmoqda. Jamoa 11 ochko to'plagan holda, 13-o'rinni egallab turibdi va quyi ligaga tushib ketish uchun asosiy da'vogarlardan biri bo'lib turibdi. Jamoaning salbiy natijalari tufayli murabbiy istefoga chiqarildi va ayni vaqtda jamoani sobiq o'yinchisi Baxtiyor Hamidullayev boshqarib bormoqda. Umuman yangi murabbiy qo'l ostida jamoa hali yutkazmadi va mavsumdagi ilk g'alabasini ham qo'lga kiritdi. Ammo hozirda yuqori sport formasida bo'lib turgan "So'g'diyona" klubini mag'lub eta olmaydi, deb hisoblayman.
Нет комментариев