Belorussiya chempionatining 22-tur doirasida "Vitebsk" klubi "Energetik-BGU" klubini qabul qiladi. Nega aynan bu o'yinni tanladim. Xabaringiz bor, pandemiya davrida deyarli barcha chempionatlar to'xtatilgan va aynan Belorussiya chempionati davom ettirilgandi. O'sha davrda hamyurtlarimiz Jasurbek Yaxshiboyev va Shahboz Umarov to'p surayotgan "Energetik-BGU" o'yinlari bilan biroz bo'lsa-da, tanishishga muyassar bo'lgandim. Hozirda Jasurbek Yaxshiboyev "Shaxtyor Soligorsk" klubiga o'tib ketgan bo'lsa-da, gollar urishni davim ettirmoqda va to'purarlar ro'yhatini boshqarib bormoqda.
Ushbu bahs haqida gaplashadigan bo'lsak, har ikki klub ham turnir jadvalida yonma-yon borishmoqda. Hususan, so'nggi 5 ta bahsni olsak, "Vitebsk" o'yinida pasayish ro'y berganini ko'rish mumkin. Bugungi bahsda, "Energetik-BGU" g'alabasiga ishonaman va hamyurtimiz Shahboz Umarovdan gol kutib qolaman.
Нет комментариев