Манчестер Юнайтед - ПСЖ 02 декабря 2020. Прогноз от Ravshanbek Yunusbekov

1 : 3 Завершен

Обоснование прогноза

"Manchester Yunayted"ning ko'plab muhlislari qur'a tashlangan vaqtda havotirda edilar: Chempionlar ligasi o'tgan mavsumining finalchisi "PSJ" va yarim finalchisi "Leypsig" musobaqaning 3 karra g'olibidan ko'ra favoritroq ko'rinayotgandi. Ammo, endi "qizil iblislar" pley-offga yo'l olish uchun ushbu jamoalarga qarshi qolgan ikki uchrashuvda faqat bitta ochko olishlari kerak. Umuman olganda, "M. YU."ning UEFA Chempionlar ligasidagi natijalari ajabtovur; 1-turda Parijda "PSJ" ustidan g'alaba qozonishini yoki 2-turda "Leypsig"ni 5-0 hisobida mag'lub etishini kutganlar kam edi, ammo kutilmaganda "qizil iblislar" muxlislariga o'z tarixidagi birinchi bor Chempionlar Ligasida qatnashayotgan "Istanbul Bashakshekir" dan mag'lub bo'lishdi. Ole Gunnar Sulsher shogirdlari bu mag'lubiyat alamini "Old Trafford" o'yingohida olishdi (4-1 hisobida turklar mag'lub etildi). Ammo nomutanosibliklar shu bilan tugamaydi: ayniqsa jamoa o'z maydonida o'ynayotgan bahslarga e'tibor qaratsak yanada qiziq faktlar yuzaga kelmoqda. "Yunayted" Premer-liganing so'nggi 7 o'yinidan faqat bittasida o'z uyida g'alaba qozongan, ammo "Old Trafford" da Yevrokuboklardagi so'nggi yettita bahs barchasida g'alaba qozondi. To'plar nisbati: 24-2!

Tomas Tuxel boshchiligidagi "PSJ" ham shubhali davrni davom ettiradi: barcha turnirlardagi so'nggi beshta uchrashuvda ikkita g'alaba, ikkita mag'lubiyat va bir durang. Noyabr oyida poytaxt grandi ketma-ket ikki marta g'alaba qozona olmagan esa bu yerda ham vaziyat yaxshi emasligini ko'rsatmoqda. "Leypsig" "Istanbul Bashakshekir" bilan oldinroq o'ynashi sababli, g'alaba qozongan taqdirda nemis klubi parijliklarga qo'shimcha bosim o'tkazadi. Manchesterdagi ochko yo'qotish ular uchun deyarli guruhda qolib ketishni anglatadi - ikkinchi yo'llanmaning taqdiri "Manchester Yunayted" ning so'nggi tur o'yinidagi motivatsiyasiga bog'liq bo'ladi. Baxtiga, PSJ hech bo'lmaganda shaxsiy uchrashuvlarda "Leypsig" dan oldinda. Old Trafforddagi g'alaba Tuxelning ishini ancha engillashtiradi, ammo biz parijliklar Chempionlar Ligasining safarda o'tkazgan so'nggi to'rt uchrashuvidan atigi 1 tasida g'alaba qozonganini va so'nggi ikkitasida mag'lub bo'lganini unutmasligimiz kerak. Ular ketma-ket guruh bosqichidagi 30 o'yinda kamida 1 ta gol urishdi va UEFA Chempionlar Ligasining 2016/17 yilgi mavsumidan beri "Bavariya" ga qarshi finaldagina raqib darvozasini ishg'ol eta olmadi.

Nazarimda, bugungi bahsda qaysidir jamoaning g'alaba qozonishidan ko'ra durang natija eng maqbul variantdek. Shunda six ham kuymaydi, kabob ham.

Прогноз

Ничья с кэфом: 3.64

Проигрыш -10 000
1.77
2Х + ТМ 5.5
Лейпциг выиграл свой матч, теперь Парижу для выхода из лч ни в коем случае нельзя терять очки
95
2 дек в 22:41
1.77
ФОЛЫ: ТМ 26.5
Судит матч Орсато, который в еврокубках в среднем около 22 нарушений, во всех личных встречах ставка зашла. Котировка по Фону.
99
2 дек в 17:15
3.58
НИЧЬЯ
У нас тут возник спор по поводу матча "Манчестер Юнайтед" - "ПСЖ". Я помнится делал прогноз на этот матч, который прошел 20 октября в рамках первого тура, и попал пальцем в небо. Я всегда полагал, что стократно сил...
123
2 дек в 09:53
avatar
Александр Елагин э
ОЗ (ДА) 1.58
avatar
Тренд Арнольд э
ЖК: Ф2 (0) 1.65
Все прогнозы на матч

Нет комментариев

avatar

Популярные материалы