Italiya A seriyasining 4-tur bahslari doirasida "Verona" klubi "Jenoa"ni qabul qiladi.
Ushbu bahs O'zbekistonlik futbol ishqibozlarining diqqat-e'tiborida bo'lib turibdi. Sababi, "Rostov"dan "Jenoa" safiga borib qo'shilgan Eldor Shomurodovning maydonga tushishini intiqlik bilan kutilmoqda. "Jenoa" tarkibida klubning bir qancha a'zolari karantinda ekanligi hisobga olinsa, Shomurodovning maydonga tushishi uchun juda ham ideal holat yuzaga kelmoqda. U esa ushbu bahslarda o'zini ko'rsatishi va asosiy tarkib o'yinchisi ekanligini isbotlashi shart. Eldor yuqori dribling va tezkorlik hisobiga (kamiga ikkinchi qavatda ham juda yaxshi o'ynay oladi), bugun "Verona" himoyachilarini xato qilishga majbur eta oladi.
Bugungi bahsda, "Jenoa" 2 gol urishiga va ulardan biri (yo ikkalasi) hamyurtimiz Eldor Shomurodov hisobiga yozilishiga umid qilamiz.
Нет комментариев